Joriy yilning 23-yanvar kuni Samarqand shahar Nor Yoqubov ko‘chasi 16-uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Xonadon egasi U.R. golland gaz isitish pechining nosozligiga e’tiborsizlik qilgani uchun uyiga katta miqdorda moddiy zarar yetgan. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar bermoqda.
Afsuski, bunday noxush holatlar birgina Samarqand shahrida 2019-yilning yanvar oyida 17 marotaba ro‘y berdi. Shularning 11 tasi aholi yashash uylarida sodir bo‘lgan.
Izoh (0)