Iroqda shia ziyoratchilarini olib ketayotgan avtobus portlatilgan, deya xabar beradi “Kommersant”.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va yaralanganlar bor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lbola portlovchi moslama Saloh al-Din viloyatidagi Balad shahrining janubida yo‘lning yon tomoniga o‘rnatilgan.
Yana ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar avtobusni o‘qqa tutgan.
Hujum oqibatida bir ayol halok bo‘lgan, sakkiz kishi tan jarohati olgan.
Ta’kidlash joizki, ziyoratchilar Baladdagi shia maqbarasiga yo‘l olgan bo‘lgan.
Iroqda faoliyat ko‘rsatgan terrorchilik guruhlarining hech biri javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmagan.
Izoh (0)