KXDR va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi munosabatlarning normallashishi Pxenyanga qarshi sanksiyalarni yumshatish bilan parallel ravishda kechishi lozim, deya xabar beradi “TASS”.
Ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash sanksiyalar bilan mos kelmaydi.
So‘nggi yarim yil ichida olib borilayotgan siyosat tufayli Koreya yarim orolini denuklearizatsiya qilish borasida sezilarli yutuqlarga erishilmaganligida AQSh aybor deb sanalmoqda. Shunga qaramay, Pxenyan Vashington bilan munosabatlarni normallashtirishga va mintaqada uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatishga intilmoqda.
Qo‘shma Shtatlar va KXDR rahbarlarining ilk uchrashuvi 2018-yilning 12-iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tgan. Buning natijasida Donald Tramp va Kim Chen In birgalikda bayonot qabul qilgan. Pxenyan to‘liq denuklearizatsiyaga tayyorligini e’lon qilgan, Qo‘shma Shtatlar esa KXDRga xavfsizlik kafolatlarini berishga va’da bergan.
Izoh (0)