27-yanvar kuni Moskvaning Tretyakov galereyasidan rassom Arxip Kuinjining “Ay-Petri. Krim” rasmini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
O‘g‘irlangan kartina Podmoskovyada Odintsovo viloyatining qurilishi bitmagan obyektida berkitilgan.
Gumonlanuvchi — 31 yoshli shaxs bo‘lib, avvalroq narkotik moddalar saqlaganligi uchun qo‘lga olingan. Shuningdek, politsiya bu voqeaga aloqador boshqa ishtirokchilar ham borligini gumon qilmoqda.
Izoh (0)