IShID Filippin janubidagi cherkovda sodir etilgan portlashlar uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mahalliy politsiyaga ko‘ra, ikki portlash oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi. Ulardan 20 nafari fuqaro, 7 nafari askarlar ekani aytilmoqda.
Shuningdek, hodisa tufayli 111 jarohat oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)