Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili qachon vataniga qaytishi mumkinligiga oydinlik kiritdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Gruziyada qidiruvga berilgan va ayni paytda Niderlandiyada istiqomat qilayotgan Saakashviliga ko‘ra, mamlakatning faol qismi va muxolifat unga Gruziya bo‘ylab aqalli 72 soat erkin harakatlanishni ta’minlagan taqdirda vataniga qaytadi.
“Bu mamlakatda rahbariyatni tinch yo‘l bilan o‘zgartirish uchun yetarli bo‘ladi”, — ta’kidladi Gruziyaning sobiq prezidenti.
Shuningdek, Saakashvili Gruziyada hukmronlik qilayotgan partiya asoschisi Bidzina Ivanishviliga qarshi kurash olib borayotganini bildirdi va mamlakat rahbariyatini telbalarga qiyosladi.
Izoh (0)