• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    O‘zbek startapining Isroilga sayohati

    Isroilda boy neft yoki oltin konlari mavjud emas, ammo turli fikrlarga boy, o‘z tajriba va yutuqlarini boshqalar bilan baham ko‘rishga tayyor turgan insonlar ko‘p. Dunyo xaritasida mitti davlat sifatida o‘rin topgan bo‘lsa-da, bag‘rikeng taddbirkorlik madaniyati bilan nom qozongan bu davlat bir necha yillardan buyon “g‘oyalar mamlakati” deb nomlanib kelinmoqda. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish uchun yaxshigina imkoniyatlar yaratilgani va Isroil hukumatining startaplar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan siyosati yaxshi samara bermoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hukumat rivojlanish va innovatsiyalarni joriy qilishga ko‘maklashish borasida mamlakatda eng ulkan tadbirlardan biri bo‘lgan Start Competition loyihasini amalga oshirmoqda. Ushbu loyihada dunyoning yuzga yaqin eng mashhur High Tech sohasi sarmoyadorlari, transmilliy va venchur kompaniyalari qatorida endigina nom qozonib kelayotgan startaplar ham ishtirok etmoqda.

    2018-yilda Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda g‘olib StartHaifa–2018 tadbirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. “Daryo” g‘olibning Isroildagi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.

    Xayfa

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Isroilda haqiqatga yaqinroq bo‘lgan shunday bir maqol mavjud: “Quddus e’tiqod qiladi, Tel-Aviv hordiq chiqaradi, Xayfa esa mehnat qiladi”.

    Xayfa mamlakatning eng yirik dengiz darvozasi va temir yo‘l tarmoqlari kesishgan shahar bo‘lish bilan bir qatorda, Isroilning eng mashhur universitetlari, MATAM biznes parki, Intel, Apple, Elbit, Google, IBM, Microsoft, Yahoo, Philips kabi ko‘plab atoqli biznes vakillari ofislari joy olgan shahar hamdir. Shu bois texnologiyalar va innovatsiyalar borasida Xayfa eng yuqori o‘rinlardan birida turuvchi geografik nuqta ham sanaladi.

    StartHaifa–2018 — dunyoning 15 mamlakatidan kelgan g‘oliblar uchun besh kunlik boy tajriba orttirish imkonini beradigan o‘quv mashg‘ulotlari hamdir. O‘quv kursi jarayonida g‘oliblar Xayfa ekotizimi, MATAM biznes parkidagi ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar, Isroildagi eng yirik Rambam klinikasi va Technion universiteti bilan tanishish imkoniyati hamdir.

    SX2018 tadbiri qatnashchilari ro‘yxatida Argentina, Belgiya, Gretsiya, Isroil, Hindiston, Tailand, Filippin, Fransiya, Ukraina, Urugvay, Myanma va O‘zbekiston kabi davlatlardan kelgan ishtirokchilar joy oldi.

    CleanBox — o‘zbekistonlik g‘olib

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston nomidan StartHaifa–2018 tadbirida yosh professor olim Amir Obidov o‘zining CleanBox startapi bilan ishtirok etdi.

    Ixtirochilikka bo‘lgan muhabbatni Amir 90-yillarning boshlarida avtoulovlarni olib qochilishiga to‘sqinlik qiluvchi signalizasiyani ixtiro qilgan muhandis otasidan yuqtirdi. Professor Amir Obidov hayotining 10 yillik davrini Koreyaning Nanjina Tech universitetida o‘qish, Gumi Electronics’da ishlash va Axborot texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida ilm qilishga bag‘ishladi.

    CleanBox — nanotexnologiyalar asosiga qurilgan nanotizimli filtr bo‘lib, ushbu qurilma yordamida uncha katta bo‘lmagan buyumlarni (bolalar o‘yinchoqlari) sterillash mumkin. CleanBox nafaqat shifokorlar, yosh onalar va go‘zallik salonida ishlovchi xodimlar, balki o‘z sog‘ligi haqida qayg‘uradigan har bir inson uchun kerakli qurilma.

    LOTUS Engineering nanotizimlari nanokristall va nanotolalalardan tashkil topgan bo‘lib, ularning birlamchi vazifatsi atrofimizdagi muhitni mikroblardan saqlashga yordam berishdir.

    LOTUS Engineering filtrlari ultrabinafsha nurlar yordamida faollashadi va xavfli bakteriyalar hamda mikroorganizmlarning membrana to‘qimalarini yakson qiladi. Shu tariqa CleanBox sutemizuvchilarga zararsiz bo‘lgan holda turli ko‘rinishdagi viruslar va mikroorganizmlarga qarshi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Janubiy Koreya tadqiqotchilariga ko‘ra, CleanBox 99,9999 foiz natija bergan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, CleanBox uchuvchi organik moddalar — formaldegidlar, spirt, uglevodorodlarni ham yo‘q qiladi va, eng yaxshi tarafi, yoqimsiz hidni bartaraf etadi.

    Ayni paytda professor Obidovning Toshkentda labaratoriyasi mavjud bo‘lib, LOTUS Engineering jamoasi xorijlik mutaxassisslar bilan yangi g‘oya va loyihalar ustida ish olib bormoqda.

    Yaqin kunlarda LOTUS Engineering Chirchiqda ish boshlab, xodimlari sonini oshirishni va loyihalarni tijoratlashtirishni maqsad qilib qo‘ygan.

    Technion — Isroil texnika instituti

    Nanolupa. Foto: “Daryo”

    Nanolupa. Foto: “Daryo”

    Isroilning eng qadimiy va mashhur oliy o‘quv yurtlaridan biri sifatida Technion dunyo ta’lim muassasalari reytingida birinchi yuztalikka kiradi.

    Technion’da bo‘lg‘usi olimlar, muhandislar, menejerlar, me’morlar va shifokorlar tahsil oladi. Technion’da Isroildagi yirik amaliy fanlar tadqiqotlar markazi hisoblanadigan Tadqiqot va rivojlanish jamg‘armasi mavjud.

    O‘zbekistonda Isroil tajribasini qanday joriy etish kerak? Amir Obidov sharhi

    - Amir, Isroilda sizga nimalar yoqdi, nimalar yodda qoladigan bo‘ldi, nimalarga ahamiyat berdingiz?

    Amir Obidov: Avvalo startaplar uchun yaratilgan keng va qulay imkoniyatlar meni o‘ziga rom qildi. Isroil universitetlarining o‘zida startaplar tashkil etish, reklama qilish va ularni tijoriylashtirish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar mavjud. Boshqacha aytganda, universitetlar munosib loyihalarni izlab topib, hayotga tatbiq etish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, bu kompaniyalar byurokratik muammolarga yechim topish, startap uchun tijoriy guruhlar, davlat manbalaridan homiy topish bilan ham shug‘ullanadi. Bu esa startapga faqat o‘z loyihasi ustida ishlash, uni takomillashtirish imkonini beradi, qolgan masalalar boshqa muassasalarning muammoasiga aylanadi. Bu kabi kompaniyalar Isroil hokimiyati qoshida faoliyat yuritadi, ular startapning universitetdan tashqarida tijoriy rivojlanishida ish olib boradi. Bu esa Isroilda startaplarning keng rivojlanishiga ahamiyat bildirilishini anglatadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Startap-akseleratorlar O‘zbekistonda yetishmayotgan yana bir jihatdir. Akseleratorlar startapga pul tikadi, o‘qitadi va u bilan bog‘liq ikkilamchi vazifalarni amalga oshiradi. Albatta, akseleratorlar startapning muvaffaqiyat qozonishidan ma’lum bir foizlarni qo‘lga kiritadi, ammo ularning startapning keng quloch yoyishida o‘rni nihoyatda beqiyos.

    Isroildagi startaplar muhitining yana bir ijobiy tarafi shundaki, mamlakatda ko‘plab kovorking markazlari mavjud, ular startaplar uchun seminarlar, taqdimotlar, uchrashuvlar o‘tkazish uchun ochiq. Taqdimot, seminar o‘tkaziladigan muhit o‘ta do‘stona kayfiyatda o‘tadi: spikerlar istalgan payti savollarga javob berishga hoziru nozir, ularning o‘zlari savollar bilan ko‘proq murojaat qilishni so‘raydi. Bunday muhit esa o‘z-o‘zidan yangiliklar joriy qilishga turtki beradi.

    Bunday markazlarda men kabi ko‘plab professorlar faoliyat yuritadi, ular asosan nimanidir tekshirish, payvand qilish, kashf etish bilan band. Ularning asosiy maqsadi nimanidir tezroq nihoyasiga yetkazish va pullash. Koreyadagi ustozim ta’kidlaganidek, har qanday kashfiyot eng avvalo daromad, o‘zgalarga qulaylik va yaratuvchiga ruhiy qoniqish hissini olib kelishi kerak. Aynan shu narsani isroilliklar yaxshigina o‘zlashtirgan.Umuman olganda, jamoa ahil, dunyoqarashi keng va qoliplardan tashqarida o‘ylashga odatlangan. Ularning aksar loyihalari G‘arbga ko‘z tikkan. Ulardan o‘rganadigan jihatlar shaxsan men uchun bir talay.

    - Masalan?

    Amir: Teran fikrlash. Olim inson sifatida ikkinchi darajali masalalar bilan ishlash, tijorat haqida o‘ylash men uchun murakkab. Men endigina bu sohaga kirib kelyapman. O‘zbekistonda startaplarga yordam beradigan markazlar yetishmayotganini his qildim.

    - Isroil tajribasini O‘zbekistonda qanday qilib tatbiq qilsa bo‘ladi?

    Amir: Startap — O‘zbekiston uchun yangi tushuncha. Bu hodisa vaqtinchalikdir. Ammo ayni paytda o‘zgarishlar ketyapti. Innovatsiyani rivojlantirish vazirligi tashkil etildi, kovorking markazlari, ko‘plab ko‘rgazma va seminarlar tashkil etilmoqda. Sekin-asta biz ham munosib darajaga chiqa olamiz. StartHaifa kabi anjumanlarni respublika miyosida o‘tkazish faqat va faqat yutuq bo‘lardi. Loyihada men yangi do‘stlar orttirdim, Nobel mukofoti sovrindori Den Shextman bilan tanishdim va bir qator chet ellik startaplar asoschilari bilan loyihalarni qanday rivojlantirish borasida firk almashdim.

    Albatta, mahalliy startap ekotizimini rivojlantirish, mahalliy hokimiyatlar, universitetlar qoshida investorlar ko‘magida startap biznesiga yordam beradigan kompaniyalarning filiallarini ochish va ularning rivojiga sarmoya kiritish maqsadga muvofiq bo‘lar edi va bu mamlakatda yetarlicha bo‘lgan salohiyatli insonlar bilan kelajakka dadil qadam tashlashni anglatgan bo‘lar edi.

    25.01.2019, 16:41   Izoh (0)   31440
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Stokgolmning XIX asr oxiridagi telefon aloqasi

    22.01.2019, 06:45

    O‘g‘irlangan ma’lumotlarning tarixdagi eng yirik bazasi aniqlandi

    18.01.2019, 06:39

    Seulda 5G mobil internet tarmog‘iga ega avtobus paydo bo‘ldi

    17.01.2019, 09:17

    OAV: Apple kompaniyasi AirPower quvvatlovchi stansiyasini ishlab chiqarishni boshladi

    15.01.2019, 09:37

    Durov Telegram Messenger LLP tugatilgan taqdirda mulk huquqi Buyuk Britaniyaga o‘tishi haqida ogohlantirildi

    14.01.2019, 21:56

    CES-2019 ko‘rgazmasida jo‘natmalarni yetkazib beruvchi robot it namoyish etildi (video)

    11.01.2019, 23:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka 342 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

    O‘zbekiston | 14 may, 13:04

    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!

    Reklama | 14 may, 11:55

    Tramp hibsdagi 200 dan ortiq venesuelalikni deportatsiya qiladi

    Dunyo | 14 may, 12:56

    Isroil G‘azodagi ikkita shifoxonaga zarba berdi (video)

    Dunyo | 14 may, 12:29

    O‘zbekistonda 15-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 14 may, 12:25

    Sahna va mashhurlikni yoqtirmaydigan odamovi yulduzlar

    Layfstayl | 14 may, 12:16

    Xabi Alonso “Real” rahbariyatiga o‘z rejalarini ma’lum qildi

    Sport | 14 may, 12:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.