Buyuk Britaniyaning yuridik shaxslar davlat reyestri Pavel Durovni Telegram Messenger LLP tugatilgan taqdirda uning mulk huquqi Buyuk Britaniyaga o‘tishi haqida ogohlantirdi. Bu kompaniyani tugatish haqida ariza berilganidan keyin ikki oy davomida yuz beradi. Bu haqda reyestr saytida ma’lum qilindi, deb yozmoqda TJournal.
Tashkilot tomonidan ma’lum qilinishicha, agar mamlakatda kompaniyani tugatish sababi ko‘rsatilmasa, ikki oydan keyin Telegram Messenger LLP hisobdan chiqarib tashlanadi. Ma’suliyati cheklangan hamkorlik esa tugatilgan.
Tugatilishdan keyin ishonchli boshqaruvda bo‘lgan barcha mulklar va huquqlar egasiz mulk hisoblanadi va muvofiq ravishda qirollikka tegishli bo‘ladi.
Izoh (0)