2017-yilning sentabr oyida Apple bir nechta qurilmalarni, masalan, iPhone, Apple Watch va AirPod’larni simsiz ravishda zaryadlash imkonini beruvchi AirPower zaryad stansiyasining chiqarilishi haqida e’lon qilgandi. Bu haqda “Hi-tech” xabar berdi.
Qi standartidagi Ikkita qurilmani zaryadlovchi uskuna allaqachon bozorga chiqqan, lekin ular Apple Watch’ni zaryad qila olmaydi — soat standartning mos kelmaydigan talqini yordamida quvvatlanadi.Apple o‘z imkoniyatlarini haddan ortiq yuqori baholagan: e’lon qilinganidan bir yil o‘tib, AirPower chiqmagan va u haqidagi barcha havolalar kompaniya saytidan o‘chirilgan. Shunday bo‘lsa-da Gongkongning ChargerLAB Twitter-akkaunti qurilma tez orada do‘kon peshtaxtalarida paydo bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.Ma’lumotlarga ko‘ra, AirPower’ni bozorga chiqishi ko‘plab texnik muammolar sababli to‘xtatilgan. 2018-yilning kuz oylarida AirPower’ni ishlab chiqarish 2019-yilning birinchi choragida amalga oshirilishi ma’lum qilingan.
Izoh (0)