Energetika va moliyaviy tahlil iqtisodiyoti instituti (IEEFA) ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil Xitoy 23 mamlakatda (Xitoyning o‘zidan tashqarida) ko‘mir yoqilg‘i energetika inshootlari qurilishi uchun 36 milliard AQSh dollar sarmoya kiritgan, deya xabar beradi “Kommersant”.
IEEFA ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda qurilayotgan 399 dan 102 gigavatt ko‘mir yoqilg‘isi beradigan elektrstansiyalar Xitoy banklari tomonidan moliyalashtirilgan.
Ko‘plab iqtisodiy rivojlanish banklari bunday investitsiyalarni cheklayotgan yoki butunlay rad etayotgan bir vaqtda Xitoy ushbu energetika sohasiga kapital qo‘yilmalar bo‘yicha dunyo miqyosida yetakchiga aylandi.
Bu davlatlarning zararli moddalarning tabiatga chiqishini kamaytirish va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha majburiyatlariga zid sanaladi.
Xitoy sarmoyasi ko‘magida ko‘mir bilan bog‘liq eng yirik loyihalar Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda amalga oshirilmoqda. Olingan investitsiyalar hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda Bangladesh, keyin Vyetnam, Janubiy Afrika, Pokiston va Indoneziya turibdi.
Izoh (0)