BMT Xavfsizlik kengashi Isroilning Suriyaga raketalar yo‘llashi yuzasidan choralar ko‘rmasa, Damashq Tel-Aviv aeroportiga zarba berishi mumkin. Bu haqda Suriyaning xalqaro tashkilotdagi doimiy vakili Bashar al-Ja’fariy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Xavfsizlik kengashi Isroilning Suriya hududlariga muntazam hujumlariga chek qo‘yish uchun choralar ko‘rish vaqti yetdi. Aks holda Suriya o‘zining himoyalanishga bo‘lgan qonuniy huquqidan foydalanib, Damashq xalqaro aeroportiga hujumga javoban Tel-Aviv aeroportini zarba berishiga to‘g‘ri keladi”, — dedi Bashar al-Ja’fariy Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bo‘lgan AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyani Isroilni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.
Izoh (0)