Sitsiliyada politsiya Cosa Nostra’ga yetakchilik qilishi ehtimoli bo‘lgan yetti nafar a’zo qo‘lga olingan, deya xabar beradi “Vesti.ru”
Xususan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qo‘lida otasi bir qator jiddiy jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan Kalojero Lo Pikkolo ham bor.
Avvalroq, “Cupola 2.0” maxsus operatsiyasi doirasida Cosa Nostra’ning 46 nafar a’zosi, jumladan sindikatning yangi boshlig‘i Settimino Mineo qamoqqa olingan.
Tergov ma’lumotiga ko‘ra, 80 yoshli mafiya boshlig‘i Toto Riina 2017-yilning noyabrida qamoqxonada vafot etganidan so‘ng boshqa boshliqlardan jinoiy guruhni boshqarish vakolatini olgan.
Izoh (0)