Tojikistonning Dushanbe markazida birinchi o‘zbek fastfood’i ochildi, deya xabar beradi ASIA-Plus.
“Toshkent non kabob” tamaddixonasining ishi “Istagan pulingni to‘la” qiziqarli aksiyasi bilan boshlandi.
Mazkur aksiya doirasida shirin kabobni istalgan pulga hatto 1 somoniyga ham sotib olish mumkin.
Bu nafaqat qiziqarli marketing, balki aksiyaning maqsadi aslida aholi muhtojlarga qanchalik yordam berishga tayyorligini aniqlashdan iborat.
O‘zbekistonda bu kabi amaliyot tez-tez tadbiq etiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, ikki kun ichida yuzlab dushanbeliklar 100 kilogramm kabob sotib olgan.
Shunday qilib o‘zbek tadbirkorlari ushbu strategiyani Dushanbeda ham qo‘llab ko‘rdi.
Bu qanday natija berganini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring.
Izoh (0)