• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu shunchaki do‘stona munosabat”. Shahrisabzda direktor o‘rinbosari o‘quvchilarning sochini qaychilab tashladi

    “Daryo”ga Shahrisabz shahridagi 7-umumta’lim maktabidan murojaat bo‘ldi. Murojaatda muallif maktab o‘quvchilarining o‘qituvchilar faoliyatidan norozi ekanligini yozish barobarida o‘qituvchilarning 6—10-sinflarda tahsil oluvchi o‘g‘il bolalar sochini qaychilab, ularning ustidan kulganini iddao qiladi.

    Foto: Jamshid Jamolov

    Ushbu holatni o‘rganish maqsadida jurnalist Otabek Qo‘ldoshev 21-yanvar kuni Shahrisabz shahridagi 7-umumta’lim maktabida bo‘ldi. O‘zini Xurshid Sayfiyev, Abror Mardonov, Huzayfa Rashidov va Ozodbek Daminjonovlar deb tanishtirgan o‘quvchilar haqiqatdan ham ushbu holat bundan to‘rt-besh kun ilgari sodir bo‘lganini tasdiqlab, bu ishni maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shahboz Islomov qilganini aytishdi.

    “O‘tgan payshanba kuni (17-yanvar nazarda tutilmoqda) tanaffus paytida o‘qituvchimiz Shahboz Islomov kelib sochimizni kaltalatmaganimiz uchun qaychi bilan kesib tashladi, — deydi o‘quvchilar Xurshid, Abror, Huzayfa va Ozodbek. — Bu payt maktab rahbariyatidan Yoshlar ittifoqi yetakchisi ham bor edi.

    Foto: Jamshid Jamolov

    Suhbatdosh o‘quvchilar direktor o‘rinbosari Shahboz Islomov odatda har safar ularni ogohlantirib keyin chora ko‘rishini aytar ekan, bu safar ular hech qanday ogohlantirishsiz sochi kesilganini bildirdi. “Bu safar bizni ogohlantirmagandi, — deydi 8-“B” sinf o‘quvchisi Huzayfa Rashidov. — O‘qituvchimizga bugunoq sochimni oldiraman dedim. Ammo baribir kesdi”.

    “O‘qituvchimiz ogohlantirishsiz bunday chora qo‘llamasdi, — deydi 8-sinf o‘quvchilaridan yana biri Ozodbek Daminjonov. — Balki men eshitmay qolgandirman. Ammo nima bo‘lganda ham ayb o‘zimizda. Shuning uchun uydagilar ham e’tiroz bildirishmadi”.

    “Ilgari bunday holat umuman sodir etilmagan, — deydi maktab direktori Fayoza Ismatova. – To‘g‘ri, tartibni saqlash maqsadida bunday holat haqida o‘quvchilarimizni ogohlantirganmiz. Qizlarga sochini tartibga solib kelishlari lozimligini uqtirganmiz. Ammo soch kesish holati ham hammaning oldida emas, sinfxonada to‘g‘ri tushuntish berilib, sochini oldirsin degan maqsadda ozgina kesilgan bo‘lishi mumkin”.

    Fayoza Ismatova.

    Fayoza Ismatova.
    Foto: Jamshid Jamolov

    Maktab direktori o‘rinbosari tomonidan ushbu harakat sodir etilganini ta’kidlar ekan, bu o‘quvchilar bilan do‘stona muloqot ekanligini takrorlardi. Shunda maktab direktoriga “Barcha o‘quvchilar ko‘z o‘ngida bolaning sochini qaychilash do‘stona harakat hisoblanadimi” deya savol berar ekanmiz, harchand urinmaylik aniq javob ololmadik. Mutasaddi gapni aylantirishdan nariga o‘tmadi.

    Shahboz Islomov.

    Shahboz Islomov.
    Foto: Jamshid Jamolov

    Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shahboz Islomov o‘quvchilar sochini qaychi bilan kesganini tan olib, holatga quyidagicha izoh berdi. “O‘quvchini izza qilish maqsadida qilinmagan bu ishlar, shunchaki do‘stona munosabat bo‘lib, sochini oldirsin deb ko‘rinmaydigan joyidan kesganmiz”.

    “Bilinar-bilinmas kesilgan bo‘lsa ham, o‘quvchilar o‘rtasida gap bo‘ladi-da. Eng yomoni shu, — deydi Ozodbek Daminjonov.

    Foto: Jamshid Jamolov

    O‘quvchilar bilan suhbat jarayonida ba’zi bir o‘quvchilarning 17-yanvar kuni dakki eshitib, sochi kesib tashlangan bo‘lsa ham haligacha sochini kaltalatmay yurgan holatiga ham guvoh bo‘ldik.

    Shahboz Islomovning ma’lumot berishicha, maktabda tuman IIB xodimlari bilan ham nazorat tadbirlari o‘tkazib turiladi. “Odatda sinfxonalarda tartibni saqlash maqsadida “reyd”lar o‘tkazamiz, — deydi direktor o‘rinbosari. — O‘sha paytda o‘quvchi yoshlarning xatti-harakatini nazorat qilib, ularda ortiqcha narsalar bo‘lsa olib qo‘yamiz. Masalan, ba’zi o‘g‘il bolalarning cho‘ntagidan sigaret, pichoq, chopqi (tig‘li qurol) chiqqan holatlari ham bo‘lgan. Shu holatlarning odini olish maqsadida doimiy nazorat qilib turamiz”.

    Lola Tosheva.

    Lola Tosheva.
    Foto: Jamshid Jamolov

    “Maktab psixologi sifatida ushbu xatti-harakatni oqlamayman, albatta, — deydi Lola Tosheva. — Ammo har safar ogohlantirilishiga qaramasdan gapga quloq solmaydigan bolalar ham bor-da. To‘g‘ri, bu harakat hammaga har xil ta’sir qilishi mumkin”.

    “O‘quvchiga nisbatan bunday harakat qilish juda qo‘pol xato hisoblanadi, — deydi Shahrisabz shahar xalq ta’limi bo‘limi uslubchisi Zuhra Zayniddinova. – Ushbu maktabga xalq ta’limi tomonidan biriktirilgan vakil sifatida buni qoralayman. Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bu borada nafaqat o‘quvchilarga barchaga o‘rnak bo‘lishi kerak-ku aslida”.

    Zuhra Zayniddinova.

    Zuhra Zayniddinova.
    Foto: Jamshid Jamolov

    Shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri Bahodir Ro‘ziyev suhbatimiz jarayonida diktofondan foydalanishimizga qarshi ekanligini aytib, ma’lumotlarni yozib olishimiz mumkinligini, har qanday vaziyatda ham aytgan gapidan tonmasligini bildirdi. Va ushbu holat bo‘yicha maktab rahbariyatiga albatta chora ko‘rishlarini, bu xususidagi hujjatlarni bizga taqdim etishini aytdi.

    Bahodir Ro‘ziyev.

    Bahodir Ro‘ziyev.
    Foto: Jamshid Jamolov

    22-yanvar kuni bo‘lim mudiri bilan telefon orqali muloqot qilganimizda mudir 7-umumta’lim maktabi direktorining o‘rinbosariga nisbatan hayfsan berilganini aytdi. Biroq XTB vakillari aytilgan muddat o‘tib ketgan bo‘lishiga qaramasdan bu haqdagi hujjatni taqdim qilishmadi.

    Foto: “Daryo”

    Jurnalistik kuzatuvlarimiz davomida ushbu maktabning sport zali ham ta’mirtalab ekanligiyu, ta’mirlash ishlari oxiriga yetkazilmay qolib ketganligiga ham guvoh bo‘ldik. Xalq ta’limi bo‘limi taqdim etgan hujjatga ko‘ra, bo‘lim mudiri 2018-yilning 5-dekabr sanasida shaharning sobiq hokimi I.Nusurovga rasmiy xat yozib, maktab sport zalining pol qismi 2016-yil chala ta’mirlanganligi haqida bildirgan va bu o‘quvchilar uchun noqulaylik tug‘dirayotganini aytgan. Hokimdan bu borada amaliy ko‘mak so‘ralgan. Shahar hokimi bu murojaatga qanday munosabat bildirgan bizga qorong‘i. Boisi bu borada hech qanday hujjat yo‘q.

    Foto: “Daryo”

    Garchi shahar xalq ta’limi bo‘limi mas’uli ko‘rilgan chora xususida hech qanday hujjat taqdim etmagan bo‘lsa-da, o‘sha kuni o‘zi eshitgan haqiqatdan ko‘z yummaganligiga ishonchimiz komil.

    23.01.2019, 12:13   Izoh (0)   81206
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IIV hududiy tizimlariga yangi rahbarlar tayinlandi

    23.01.2019, 12:07

    Toshkentda 65 yoshli erkak o‘z uyidan osilgan holda topildi

    23.01.2019, 11:38

    2018-yilda O‘zbekiston Rossiyada 5 184 dona avtomobil sotdi

    23.01.2019, 09:57

    Xorazmdagi ishlamayotgan QVPlar tadbirkorlarga bepul ijaraga beriladi

    23.01.2019, 08:40

    Andijonlik Hasan tabibning faoliyatiga chek qo‘yildi

    23.01.2019, 08:20

    “O‘zavtosanoat” 3 ta dilerlik kompaniyasidagi ulushini sotdi. Navbatda yana 29 tasi turibdi

    22.01.2019, 22:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.