“O‘zavtosanoat” AJ 2018-yil dekabrida 32 ta dilerlik kompaniyasi ustav fondidagi ulushini auksion savdolariga qo‘ygandi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Kompaniya shu paytgacha ulardan 3 tasini sotishga ulgurdi va hozirda 29 ta dilerlik kompaniyasidagi davlat ulushi qolmoqda.
Ulushlarni sotish bo‘yicha navbatdagi savdolar 28-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Aktivlarning boshlang‘ich bahosi 1,5 milliard so‘mdan (“Buxoro Avtosavdo” MChJdagi 20 foiz ulush) 24 milliard so‘mgacha (“Avtotexxizmat” MChJdagi 32,16 foiz ulush) baholangan.
Izoh (0)