O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlov yuz bergani haqida vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Podpolkovnik Mirzohidjon Mamirjonovich Mamirjonov —Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
Polkovnik Jamshed Sobirjonovich Qodirov — Samarqand viloyati Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
Mayor Nuritdin Normuradovich Meyliyev — Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
Mayor Farrux Xolmuratovich Abrayev — Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Izoh (0)