O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 33,8 milliard dollarni tashkil etdi va 2017-yilga nisbatan 27,3 foizga oshdi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Eksport hajmi 14, 2, import hajmi esa 19,5 milliard dollardan iborat bo‘ldi. Tashqi savdo saldosi minus 5,2 milliard dollarni tashkil etdi.
2018-yil 11 oyi yakuni bo‘yicha bu farq yanada ko‘proq — 6 milliard dollarga teng edi. Dekabrda eksportning keskin oshishi hisobiga uni qisqartirishga muvaffaq bo‘lindi.
Izoh (0)