Misr politsiyasi Sinay yarim orolida so‘nggi haftalar ichida o‘tkazilgan maxsus operatsiyalar davomida 59 nafar terrorchini yo‘q qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Xususan, 44 nafar terrorchi harbiylar tomonidan, 15 nafari esa politsiya o‘tkazgan operatsiyalar chog‘ida yo‘q qilingan.
“Bir necha o‘nlab transport, aloqa vositalari, qurollar, portlovchi moslamalar musodara etilib, yo‘q qilingan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Sinay yarim orolida yirik antiterror operatsiya 2018-yilning fevralidan boshlab davom etib kelmoqda. Bu vaqt ichida yuzlab terrorchilar qo‘lga olingan va yo‘q qilingan.
Izoh (0)