AQSh va Pxenyan o‘trasidagi rasmiy diplomatik aloqa kanalidan tashqari axborot almashish uchun yana bir sirli aloqalar kanali borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
U markaziy razvedka boshqarmasi va Shimoliy Koreya razvedka xizmatchilari o‘rtasida bo‘lgan. Ularning 10 yil davomida o‘zaro sirli aloqalarda bo‘lishi diplomatik faoliyatdagi qiyinchiliklarni qoplashga yordam bergan. Aloqa kanali 2009-yilda yaratilgan. Shimoliy Koreya tarfdan bu bilan Kim Yon Chxol shug‘ullangan.
AQSh hukumatiga Donald Tramp kelgach va Vashington va Pxenyan o‘rtasidagi rasmiy muloqot jarayoni boshlangan vaqtda Kim Yon Chxol ommaviy ravishda aloqa guruhiga qo‘shilgan. 18-yanvar kuni u davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashish maqsadida Vashingtonga kelgan.
Bunday aloqa kanalining ochilishiga AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning yo‘qligi sabab bo‘lgan. Uchrashuvlar paytida Amerika tomoni Shimoliy Koreyada qo‘lga olingan amerikaliklarni ozod etishga uringan, siyosiy inqirozni bartaraf etish rejalarini muhokama qilgan.
Shimoliy Koreyaning raketa sinovlaridan keyin vaqtincha to‘xtatilganiga qaramay, 2017-yilda harbiy va diplomatik inqirozlar sharoitida aloqa kanali yana ishga tushgan.
Undan tarixda birinchi marta AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari uchrashgan Singapurdagi sammitga tayyorgarlik ko‘rishda foydalanilgan.
Izoh (0)