Janubiy Xitoy dengizidagi Parasel orollaridagi “Ajdarho tuynugi” dengiz suviga ega bo‘lgan dunyoda eng chuqur tuynuk deb topildi. Bu haqda Liga Novosti xabar berdi.
Tuynuk chuqurligi 301 metr bo‘lib, diametri 130 metrni tashkil etadi. Ushbu “quduq” chuqurlashgan sari, uning diametri 36 metrgacha torayadi.
Mahalliy baliqchilar uni “Janubiy Xitoy dengizi ko‘zi”, deb ataydi. Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, unda yigirmaga yaqin dengiz baliqlari va hayvonlar aniqlanganiga qaramay, quduqning uning atrofidagi akvatoriya bilan yer osti bog‘liqligi yo‘q.
Izoh (0)