Surgut — Moskva reysi yo‘lovchisi samolyotni Afg‘onistonga yo‘naltirishni talab qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Aeroflot kompaniyasiga tegishli va Surgutdan Toshkent vaqti bilan 15:00 da parvoz qilgan Boeing-737 layneri Xanti-Mansiyskda shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Favqulodda xizmatlardagi manbalarga ko‘ra, samolyot bortida “bezorilik holati” ro‘y bergan. Yo‘lovchi — 41 yashar erkak ruhiy jihatdan nosog‘lom bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. U qo‘lga olingan.
Izoh (0)