Rossiyaning Yoqutiston respublikasida sovuq 60 darajaga yaqinlashdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
15-yanvar kuni Oymakon ulusidagi kuzatuv punktidagi termometrning ko‘rsatkichi minus 56 darajagacha pasaygan. 16-yanvar kuni respublikaning ba’zi hududlarida haroratning minus 55 darajagacha pasayishi kutilmoqda, shimoli-sharqda sovuq minus 59 darajagacha kuchayadi.
Oymakon ulusi eng sovuq hudud sanalib, u yerda 80 yil avval rekord darajadagi sovuq — Selsiy shkalasi bo‘yicha -71,2 daraja qayd etilgan.
Izoh (0)