Keniya politsiyasi mamlakat poytaxti Nayrobi shahridagi mehmonxona yonida yuz bergan hujumni terakt sifatida ko‘rib chiqmoqda. Mehmonxona yaqinida portlash yuz bergan va otishma bo‘lib o‘tgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Avvalroq hujum oqibatida uch kishining halok bo‘lgani xabar berilgan.
Politsiya odamlarni hodisa joyiga yaqinlashmaslikka chaqirmoqda va evakuatsiya bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh (0)