Suriyaning Manbij shahrida sodir etilgan terakt oqibatida ikki nafar amerikalik harbiy xizmatchi, kurd guruhlarining bir nafar a’zosi va 9 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti” NTV telekanaliga tayanib. Yana kamida 20 kishi yaralangan.
Telekanal e’lon qilgan kuzatuv kamerasidan olingan videoyozuvda hodisa shahar markazidagi gavjum ko‘chada yuz berganini ko‘rish mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, yaralangan amerikalik harbiylar vertolyotlar yordamida evakuatsiya qilingan.
Izoh (0)