Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Argumenti i fakti” gazetasiga bergan interyuda prezidentning oilaviy ahvoli uning ishiga qanday ta’sir qilishini aytdi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.
“Prezident uylanganmi-yo‘qmi — bu uning prezidentlik vazifalarini bajarishga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi”, — deb javob bergan Peskov.
Uning aytishicha, prezident oilaviy munosabatlar haqida unchalik o‘ylamaydi. O‘z navbatida matbuot kotibi ham uning oilaviy hayotiga qiziqish bildirmaydi.
Xabarda aytilishicha, Putin 2018-yil oхirlarida hamma qatori uylanishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)