• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda Ka’baning yopinchig‘idan parcha bor

    “Samarkandskiy vestnik” viloyat gazetasida Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi fondi bosh mutaxassisi Gulruh Raxmatova maqola e’lon qilindi. Maqolada Ka’baning yopinchig‘idan bir parcha mato hozirda mamlakat muzeylaridan birida saqlanayotgani haqidagi aytilgan. Maqola quyida to‘lig‘icha berildi.

    Foto: “Samarkandskiy vestnik”

    Foto: “Samarkandskiy vestnik”

    Samarqand muzey-qo‘riqxonasining fondida uzoq yillardan beri saqlanadigan eksponat – qabr po‘sh e’tibordan chetda qolayotgandek.

    Fondga qabul qilinadigan buyumlar qayd etilgan kitobda “Qabr po‘sh – Ka’ba ustiga yopilgan, arab yozuvlari tushirilgan qora matoning parchasi” deyilgan.

    Inventar qaydlar kitobida ham u Saudiya Arabistoni, Makkadan keltirilgani yozilgan. Ushbu mahsulotni 1933-yil 13-avgustda ekspeditsiya o‘tkazayotgan Samarqand muzeyi ilmiy xodimlari G.P. Snesaryev va M.S. Yusupov Buxoro shahridagi temir yo‘l stantsiyasida fuqaro F. Shukurboyevadan 30 rublga sotib olishgan.

    Foto: “Samarkandskiy vestnik”

    Foto: “Samarkandskiy vestnik”

    Ushbu eksponatni qaydlar kitobiga kiritilayotganda uning nomi noto‘g‘ri talqin qilingan bo‘lishi mumkin – qabr po‘sh va ka’bapo‘sh talaffuzi jihatidan deyarli bir xil, ammo ular turli ma’nolarga ega.

    Qabr po‘sh (qabr ustiga yopiladigan yopinchiq) – Markaziy Osiyo xalqlarining dafn marosimidagi udumlaridan biri. “Ka’bapo‘sh” so‘zi esa tilga olinmagan.

    Ko‘p yillar davomida mazkur eksponat Shohizinda qabristonida 1965-yildan 1989-yilgacha faoliyat yuritgan din va ateizm tarixi muzeyida namoyish etilgan. Faqat Samarqand muzey-qo‘riqxonasining mablag‘larini to‘liq inventarizatsiya qilishning so‘nggi yillaridagina bu eksponat to‘g‘ri ta’riflangan.

    Ka’bapo‘sh yoki kisva (arabchada kisvat al-ka’ba — Ka’baning yopinchig‘i hisoblangan) – Ka’ba ustiga yopilgan “qora shoyi mato” bo‘lib, unga “Ka’ba Makka ahli uchun bino qilingan birinchi uydir. U tinchlik-omonlik va ezgulik yo‘lida qurilgan” degan oyat va Qur’ondan keltirilgan suralar yozilgan.

    Yopinchiq har yili haj marosimidan oldin, ya’ni islom taqvimiga ko‘ra Zulhijja oyining 10-sanasida yangisiga almashtiriladi. Ka‘baning ustiga yopinchiq tashlash odati islom dinining paydo bo‘lishidan oldin ham bo‘lgan deb hisoblanadi.

    U paytlar butparast arab qabilalari Ka’bani hayvon terisi bilan yopishgan. Ba’zi manbalar Ka’ba ustini yopish odatini Muhammad Payg‘ambarning katta bobosi Adnan bilan bog‘laydi.

    Qizig‘i shundaki, onasi vafot etgan Muhammadni olti yoshidan tarbiyasiga olgan bobosi Abd al-Mutallib va amakisi Abu Tolib islom dini paydo bo‘lgunicha butparastlarning ibodatxonasi hisoblangan Ka’baning qo‘riqchilari bo‘lgan.

    Boshqa bir afsona esa Ka’bani mato bilan yopish odati himyoritlar shohi Asad al-Komildan boshlangan deydi.

    Bir nechta olimlar birinchi kisva Ismoil payg‘ambar tomonidan qilinganini tasdiqlaydi. Lekin juda ko‘p manbalar ushbu an’anaga Yaman shohi Tuba asos solgan deydi.

    Islom davriga kelib, Ka’ba bir vaqtning o‘zida bir qancha yopinchiqqa ega bo‘ldi. Chunki eski yopinchiqlar uning ustidan olib tashlanmagan edi. Bu holat hijriy 160-yilda Abbosiy xalifa al-Mahdiy Ka’bani ziyorat qilmagunicha davom etgan. Ibodatxonaning qo‘riqchilari va xizmatchilari xalifaga murojaat qilib, Ka’ba ustma-ust qo‘yib tashlangan bunchalik ko‘p yopinchiqni ko‘tara olmay, nurab tushishidan xavotirda ekanliklarini aytgan. Shundan so‘ng xalifa Ka’bani ustiga bittadan ortiq yopinchiq yopmaslikni buyurgan. Xalifa al-Ma’mun davrida esa Ka’baning yopinchig‘i bir yilning o‘zida uch marta almashtirilgan: haj oyining 8-sanasida qizil kisva bilan, Rajab oyining 1-sanasida oq gabat bilan, Ramazon oyining 29-sanasida qizil parcha bilan yopilgan.

    Keyinchalik abbosiy xalifa an-Nozir Ka’bani yashil mato bilan yopishlarini buyurgan. Biroz vaqt o‘tib esa, xalifa an-Nozir bu rangni qoraga almashtirishga qaror qilgan va shundan keyin hozirgi kungacha bu rang o‘zgarmagan.

    Muhammad Payg‘ambar davrida kisva Yamanda tayyorlangan. Xalifa Umar I davriga kelib, Misrda tayyorlanadigan bo‘ldi. 1932-yilda Saudiya Arabistonining tashkil topishi bilan, saudiya qirollari Makka va Madinadagi masjidlar qurilishiga e’tibor qaratar ekan, Ka’baning yopinchig‘i mamlakat ichida tayyorlanishi kerak degan qarorga keldi.

    To‘qimachilik fabrikasida faqat erkaklar ishlaydi. Ushbu zavod yiliga ikkita yopinchiq-choyshab ishlab chiqaradi, ulardan bittasi zahira hisoblanadi.

    Eski kisvani Ka’baning ustidan olishgach, bo‘laklarga bo‘lib, haj safariga kelganlarga esdalik sifatida tarqatiladi. Muzey fondidagi o‘sha kisva ham aslida  haj ziyoratidan keltirilgan parchalardan biri.

    O‘rnatilgan tartiblarga binoan, yopinchiq qora rangli tabiiy shoyi matosidan tayyorlanishi kerak.

    Uzunligi 14 metr. Yopinchiqning yuqori qismidagi uchdan bir qismi 95 santimetr kenglikdagi belbog‘ hisoblanib, unga Qur’on suralari yoziladi va islomiy naqshlar bilan bezatiladi.

    Bularning hammasi tilla ipdan tikiladi. Belbog‘ning umumiy uzunligi 47 metr. Har bir yopinchiq uchun 736 kilogramm shoyi ip kerak bo‘ladi. Ip sexga tabiiy rangida keltiriladi va o‘sha yerda bo‘yaladi. Kisvaning ustki qavati qo‘lda to‘qiladi.

    Kisvaning alohida qismlari tayyor bo‘lgach, yaxlit yopinchiq holatiga keltirish uchun hamma qismlar qo‘shib tikiladi. Yozuvlar matni hech qachon o‘zgarmasa-da, bir qator rassom va xattotlar tomonidan naqsh va yozuv uslubiga o‘zgartirishlar taklif qilinadi.

    So‘ng rassomlar Ka’baning kattaligidek keladigan chizma qog‘ozga yangi dizaynni chiqadilar. Ushbu namunalar keyin yozuvlar lentasini to‘quvchi mashinaga o‘tkaziladi. Shoyi lenta tayyor bo‘lgach, navbat qo‘l mehnatiga yetadi.

    Boshida hunarmandlar sariq ip bilan lentaga arab yozuvlarini tikib chiqadilar, bu esa asosning ustidan 4 dyuym qalinlikka ega bo‘ladigan qatlam hosil qiladi.

    Keyin esa unga hajm va yorqin ko‘rinish berish uchun oltin va kumush iplar bilan ustidan yana tikib chiqiladi. Natijada yozuvlar uzoq masofadan ham ko‘rinib turadigan holga keladi.

    Yopinchiqda Ka’ba eshigi uchun maxsus parda ham bor. Uzunligi 7,5 metr, kengligi 4 metr. Pardada Qur’on oyatlari va islomiy bezaklar berilgan.

    Bularning hammasi avval kumush ip bilan, ustidan tilla ip bilan tikilgan. Yopinchiqning astari dag‘al matodan tayyorlanadi. Birgina qoplama uchun 70 kilogramm tabiiy shoyi ketadi.

    Buxoro davlat muzeyi-qo‘riqxonasida Ka’ba eshigi pardasidan olingan parcha bor.

    Hozirda yopinchiqning bir qismi Samarqand viloyati o‘lkashunoslik muzeyining “Rivojlangan o‘rta asrlar” zalidaa ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

    15.01.2019, 12:22   Izoh (0)   100711
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tramp inauguratsiyasiga 104 mln dollar sarflandi

    15.01.2019, 11:39

    O‘zbekiston budjet tashkilotlarida uch oyda 29 mlrd so‘m qonunga xilof tarzda sarf qilingan

    15.01.2019, 11:28

    O‘zbekiston benzin eng arzon bo‘lgan mamlakatlar reytingida 18-o‘rinni egalladi

    15.01.2019, 11:15

    Surxondaryoda harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirildi

    15.01.2019, 11:09

    Yunusobod tumani 15-mavzedagi 72 xonadon yashaydigan uy kun sayin cho‘kib bormoqda (foto)

    15.01.2019, 10:58

    O‘zbekistonda yangi davlat boshqaruvi organlari tashkil etildi

    15.01.2019, 10:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Hindistonga 25 foiz, Braziliyaga esa 50 foiz boj joriy qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:00

    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

    Reklama | 6 avgust, 22:09

    Germaniya madaniyat arboblari Mertsdan Isroilga qurol yetkazib bermaslikni so‘radi

    Dunyo | 6 avgust, 22:45

    Toshkent viloyatida 18 yoshli yigitlar mashina o‘g‘irlab, IIB va YPX xodimlarini jarohatladi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 22:35

    AQSH sobiq prezidenti va uning rafiqasi Epshteyn ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirildi

    Dunyo | 6 avgust, 22:25

    Xorazm viloyatida 119 nafar xodimning jami 1 mlrd so‘mdan ortiq maoshi undirib berildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 22:11

    AQSH armiyasi havo operatsiyalarini boshqarishda sun’iy intellektni joriy etishi mumkin

    Dunyo | 6 avgust, 21:57

    Toshkentda nafaqaxo‘r qarindoshi nomiga 35 mln so‘m kredit olgan ayol ushlandi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 21:40

    G‘azo aholisi suv yetishmovchiligiga duch kelyapti

    Dunyo | 6 avgust, 21:25

    Andijonlik fuqaro 10 yillik alimentni oldindan to‘ladi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 21:15

    Superliga. “Navbahor” Namanganda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 6 avgust, 21:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.