Sudanda ommaviy norozilik harakatlari boshlanganidan buyon dekabr oyining o‘rtalarida 24 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda hukumat tergov komissiyasining 12-yanvar kuni keltirgan ma’lumotida qayd etildi, deb xabar bermoqda TASS.
Birgina Sudanning Omdurman shahrida tartibsizliklar oqibatida 10-yanvar kuni 3 kishi halok bo‘lgan.
Mamlakat o‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab aholi noroziligiga sabab bo‘lgan yonilg‘i, non va un narxlari oshishi va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi tufayli kelib chiqqan ommaviy tartibsizliklar sharoitida yashamoqda.
Bunday holat 19-dekabr kuni Atbar shaxrida boshlangan bo‘lib, keyinchalik mamlakatning 30 ta shaharlariga tarqalgan.
Tartibsizlik hukm surayotdan shaharlarla odamlar hukumatning “Milliy kongress” binosiga o‘t qo‘ygan, prezident va hukumatni iste’foga chiqarishni talab qilgan. Politsiya esa namoyishchilarga qarshi ko‘z yoshlatuvchi gaz qo‘llagan.
Izoh (0)