Rossiyaning Barnaul shahrida yashovchi besh yoshli bola ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, mast ota-onasi ustidan shikoyat qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Voqea 2018-yil mayida sodir bo‘lgan.
Bola operatorga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan birga yashaydigan ota-onasi ichib olib, uxlab qolganini, u esa nazoratsiz qolib ketganini aytgan. Operator ma’lumotni politsiyaga yetkazgan.
Tekshiruvchilar RF Jinoyat kodeksining voyaga yetmagan shaxsni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmaslik haqidagi moddasida ko‘zda tutilgan jinoyat belgilarini aniqlagan.
Izoh (0)