Polshaning Gdansk shahri meri Pavel Adamovich 13-yanvar kuni uyushtirilgan suiqasddan keyin kasalxonada vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Pichoq bilan qurollangan erkak shahar meriga xayriya konserti vaqtida hujum qilgan. Shahar rahbari bir nechta joyida, shu jumladan, yurak sohasida pichoqdan jarohat olgan.
Shifokorlar uzoq vaqt Adamovichni hodisa joyida jonlantirishga uringan, keyin esa u kasalxonaga olib borilgan.
Hujum qilgan erkak qo‘lga olingan, uning hujumi sabablari rasman ma’lum qilingani yo‘q.
Tadbirda ishtirok etgan jurnalistlarning xabar berishicha, erkak hujum qilishdan oldin noqonuniy ravishda qamoq jazosiga hukm qilinganini aytgan. Qotil Grandskda yashovchi 27 yoshli erkak ekanligi ma’lum. U bir necha hafta oldin qamoqdan chiqqan.
Izoh (0)