Eron sud tibbiyoti tashkilotidan ma’lum qilishlaricha, Tehron yaqinida Boeing 707 samolyoti halokatining barcha qurbonlari jasadlari topilgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bortdagi odamlardan faqat bir kishi tirik qolgan. Ayni paytda 15 kishidan 10 nafarining shaxsi aniqlangan.
Layner Bishkekdan Tehrondan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Kerej shahrining Payyam aeroportiga uchayotgan edi.
Samolyot xatolik tufayli Kerej shahridagi boshqa aeroportga qo‘nmoqchi bo‘ldi. Shu paytda Boeing 707 aeroport devoriga urildi va turar joylar qurilayotgan hududga sirpanib ketdi.
Izoh (0)