Prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida AQSh qurolli kuchlarining Suriyadan olib chiqib ketilayotgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Liga Novosti” xabar berdi.
Uning aytishicha, AQSh qo‘shinlarni olib chiqish bilan bir qatorda Islom davlati hududiy xalifatida qolgan IShID terrorchilik guruhi jangarilarining kichik guruhlariga zarba bermoqda.
Shuningdek, amerikaliklarning Suriyadagi Islom davlatini yo‘q qilish borasidagi harakatlaridan AQShga nisbatan Rossiya, Eron va Suriya davlatlari ko‘proq foyda olganligini ta’kidlagan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)