O‘zbekistonga qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk poyezdida portlovchi qurilma topildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Bojxona qo‘mitasi xodimlari Turkmanistondan Surxondaryo viloyatiga o‘tgan yuk poyezdi vagonlaridan birida 200 gramm og‘irligidagi trotil shashkasi va detonatorni aniqladi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)