O‘tgan hafta so‘ngida ijtimoiy tarmoqlarda bir qator qiziqarli muhokamalar bo‘lib o‘tdi. “Daryo” odatga ko‘ra ushbu postlardan eng saralarini sizlarga taqdim etadi.
Ijtimoiy tarmoqlar haqida turli fikrlar uchraydi. Facebook foydalanuvchisi Fayzullo Elshod esa o‘z fikrini lo‘nda va kulguli tarzda yozib, Konfutsiydan “iqtibos” keltiribdi; nima ham derdik, yaxshi kuzatuv:
Ijtimoiy tarmoqlarning real hayotga qaraganda qulayliklari shuki, bu yerda xohlagancha falsafa so‘qishing; bir dumalab tarixshunosga aylanishing; futbol sharhlovchisi bo‘lib, uncha-munchasini mot qilishing; antiqa taxallus bilan shoir-yozuvchilarning yozganlariga raddiya bildirib, xohlagancha xumordan chiqib tanqid qilishing mumkin. Ular toki kimligingni bilishguncha, sen Kanada chegarasiga yetib olgan bo‘lasan.Futbol bo‘yicha Osiyo chempionat davom etmoqda. Milliy terma jamoamizning og‘ir va kerakli g‘alabasini yuraklarimiz hapqirib ko‘rdik; bu haqdagi his-tuyg‘ulari bilan tarmoq foydalanuvchilari bir-birlari bilan bo‘lishdi. Navbatdagi mavzu — shu haqdagi eng sara postlar. Eslatib o‘tamiz, siz bu fikrlarga qo‘shilishga majbur emassiz, shunchaki munosabatlarni keltirmoqdamiz.Konfutsiy
Facebook’dagi “Maslahat.uz” guruhiga o‘yin tugagan zahoti suyunchilab qo‘yilgan post tagiga foydalanuvchilar bir-birini tabriklash bilan birga “futbol ekspertlari” rejimini yoqib olgan holda bir-biridan ajoyib fikrlar aytdi va Kuperga maslahatlar berdi.
Raqib jamoa nomi ham e’tibordan chetda qolmadi — bu haqdayam hazillar bo‘ldi:
Shunqor Choriyev“Ummon” mag‘lub bo‘ldi. Endi navbat “Bojalar”ga. Shou-biznes qiziq jarayonda.
-Дадаси бугун кимлар ўйнади?
— Shavkat Normoʻminov 🇺🇿 (@ShavkatNZ) January 10, 2019
-Ўзбекистон билан Уммон.
-11 киши 3 кишига қарши ўйнаб зўрға 2-1 га ютдими?
Facebook’dagi o‘yin haqdagi postlardan birida ham bahs ishtirokchilari Kuperdan ba’zi futbolchilarni termaga qaytarish kerakligi haqda hazillar qildi:
Twitter’da yaxshigina aylangan tvitlardan biri ham kayfiyatni ko‘taradi:
Bu futbollaring bo'madi.
— Jamolbobo (@Jamolbobo1) January 9, 2019
Yaxshisi bir oydan beri qilayotgan ishimni davom ettiraman.
Bugun Ertug'rul bilan mo'g'ullarni o'ldirishga borishimiz kerak edi.
Yashirishning keragi yo‘q, ushbu o‘yindagi g‘alabaning asosiy sababchisi faxriy darvozabon Nesterov bo‘ldi; uni faqat biz emas, tarmoq foydalanuvchilari ham maqtadi, hatto memlar ishlab tashlandi:
Eslatib o‘tamiz, 13-yanvar kuni o‘zbekistonlik futbolchilar g‘alabali yurishini davom ettirib, Turkmaniston termasini 4:0 hisobida yengdi. Ularning omadlari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.
O‘yin tugaganidan keyin O‘zbekiston muxlislari ko‘pchilikka ibratli ish qilgani aks etgan suratlar tarmoqlarda tarqaldi. Ular o‘yindan so‘ng o‘zlari o‘tirgan sektorlarni tozalab chiqishdi. Ushbu post ko‘plab “layk”lar oldi va Facebook, Twitter va Telegram’da tarqaldi. Internetdagi ba’zi kuzatuvchilarning “bu qaysidir davlat muxlislariga o‘xshatma”, “yutqazganda tozalamasdan, sochib chiqib ketardi”, degan kinoylarga e’tibor bermagan holda bunday namunali ishlarini har o‘yinda davom ettirishlarini tilab qolamiz, toki bu odat jahonda ommalashganida uni birinchilardan amalga oshirgan muxlislar sifatida eslab yurishsin.
Futbol mavzusiga bag‘ishlangan fikrlarni tugatib bo‘lmasligi aksioma, shuning uchun boshqa mavzularga e’tibor qaratamiz.
Yana bir qizg‘in muhokama qilingan mavzu O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Asror Mo‘minning grigorian taqvimidagi oylar nomini o‘zgartirish haqidagi taklifi bo‘ldi. Jurnalist oylarni quyidagicha nomlashni taklifini berdi:
- yanvar – vatan;
- fevral – navoiy;
- mart – ulug‘bek;
- aprel – amir temur;
- may – xorazmiy;
- iyun – zulfiya;
- iyul – buxoriy;
- avgust – ibn sino;
- sentabr – beruniy;
- oktabr – farg‘oniy;
- noyabr – jaloliddin;
- dekabr – avesto.
Facebook hamda Telegram kanallari bu haqdagi hazilomuz postlar to‘lib ketdi.
Shukurjon Islomov Telegram-kanalida yozgan posti boshqa kanalllarda ham tarqab ketib, minglab o‘quvchilar e’tiboriga tushdi:
Shunaqa bemaza taklif ham bo‘ladimi? Bu jurnalist yana xizmat ko‘rsatgan ekan. Rim xudosi nomini oyga qo‘yish noo‘rin ekan, ammo zardushtiylik kitobi Avesto nomini qo‘ysa bo‘lovrarmish. Qarang, qanday chalkashliklar kelib chiqadi:Yana bir faol foydalanuvchi Dilshod Odilov esa 1-dekabrdan internet tezlashmaganini pichinglar bilan ifodalab ketdi:- Men to‘rtinchi farg‘oniyda tug‘ilganman.
- 1-ibn sino imtihoniga tayyormisiz.
- Zulfiya kelsin, to‘yingni qilamiz o‘g‘lim.
- Alisher Navoiy 9-navoiyda tug‘ilgan))
- Konstitutsiya kuni avestoning sakkizinchisida.
- 21-ulug‘bek – bayramlar kelinchagi))
- Beruniy keldi, kitob-daftarlaring tayyormi?
- Amir Temur yolg‘onchilar oyi
Men 2019 yil 25-hamid olimjon oyidan 6-zulfiya xonim oyigacha vizam bor, lekin 19-beruniy kuni kaytib kelmokchiman
Dilshod OdilovO‘tgan hafta oxirida O‘zbekiston markaziy banki 100 000 so‘mlik kupyuralar chiqarilishini tasdiqladi.Noyabr oyining 71-kunida Uztelecom 1-dekabr hech qachon kelmasligi uchun Asror Mo‘min degan jurnalistga oy nomlarini “Navoiy”, “Zulfiya” kabi nomlarga almashtirishni taklif qildiribdi.
Ma’lumki, bundan avvalgi kupyuralar chiqishida ham Markaziy bank avval raddiya bilan chiqqan, so‘ngra baribir kupyuralar chiqarilgan edi. Xususan, 5000 so‘mlik kupyura raddiya chiqqan kunining ertasiga chiqarilgani ajablanarli.
Foydalanuvchilar hech nimani unutmaydi, mana isboti:
Yana bir foydalanuvchi bu haqda hazilomuz post qoldirgan va kimgadir shama qilgan, menimcha, tushundingiz:
Facebook’da tarqagan bir videorolikni o‘zbekistonlik fodalanuvchilar bir-biriga ulashib, qayta qayta tomosha qildi. Gap shundaki, o‘zbek yigiti kimsanYaponiyaga borib, u yerda xususiy biznes ochib yurgizmoqda ekan; o‘zbekka xalaqit bermay ishlagani qo‘ysang bo‘ldi, u qolganini o‘zi bilib qilib ketaveradi, degan so‘zga isbot-da bu, qandingni ur!
Darvoqe, o‘tgan hafta 14-yanva Vatan himoyachilari kuni yaqin qolganda bu haqda ba’zi postlar e‘tiborimizni tortdi:
Telegram kanallaridan biridagi ushbu post ham ko‘plab “layk”lar oldi:
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining bir-biridan o‘tkir fikrlarini tugata yozib olmaymiz, imkon qadar qisqacha tanishtirib borishga harakat qilamiz. Ruknimizning keyingi sonlarini kutishda davom eting.
Isroil Tillaboyev tayyorladi.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.
Izoh (0)