“Adabiyot gazetasi” nashrining muxbiri bo‘lgan o‘zbek jurnalisti Asror Mo‘min 2-yanvar kungi qaydida oylarning mavjud “yevropacha” nomlanishidan voz kechib, ularni mahalliylashtirishga chaqirdi. Bunga AsiaTerra nashri e’tibor qaratdi, deb yozadi Repost.

Foto: Repost

Jurnalistning fikricha, oylarning hozirgi nomlanishi Rim imperatorlari va xudolariga havola qilingan bo‘lib, o‘zbek milliy qadriyatlariga mos kelmaydi. Shuning uchun jurnalist ularni milliy-vatanparvarlik ruhida nomlashni taklif qiladi, jumladan:

Yanvar — Vatan, fevral — Navoiy, mart — Ulug‘bek, aprel — Amir Temur, may — Xorazmiy, iyun — Zulfiya, iyul — Buxoriy, avgust — Ibn Sino, sentabr — Beruniy, oktabr — Farg‘oniy, noyabr — Jaloliddin, dekabr — Avesto.

Mo‘minning taklifi ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklar va salbiy reaksiyalarni keltirib chiqardi.