O‘zbekiston Prezidentining farmoniga binoan O‘zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov navbatdagi general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikramovga general-mayor harbiy unvoni berildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligi munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.
Bugun, 14-yanvar kuni ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev yig‘ilganlarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, ularga mukofot topshirishni yuksak sharaf deb bilishini ta’kidladi.
Izoh (0)