Ukraina hukumati harbiy kemalarni yana Kerch bo‘g‘ozi orqali jo‘natishni ko‘zlamoqda. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri Yuriy Boryukovga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina kemalari Qora dengiz orqali hech qanday to‘siqlarsiz Azov dengiziga o‘tish huquqiga ega.
Vazirning qayd etishicha, keyingi safar kemalarni xalqaro kuzatuvchilar kuzatib boradi.
Izoh (0)