Buyuk Britaniyaning “Voice” shousi ishtirokchisi Jeyk Benson o‘zining qiz dugonasini bo‘g‘ib o‘ldirishga urindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
San’atkor 27 yoshli Sofi Linch bilan bir yilga yaqin vaqt uchrashib yurgan. Qiz u bilan aloqalarini uzmoqchi ekanligini ma’lum qilganda, Benson uni bo‘g‘ib o‘ldirishga harakat qilgan.
“Yaxshiyamki, onam shu yerda edi, u politsiya chaqira oldi. Bo‘ynimda dahshatli qizil izlar qoldi, nafas olishga juda ham qiynaldim”, — deydi qiz.
21-dekabr kuni sud Bensonni aybdor deb topdi, biroq u ayblovni rad etmoqda.
Izoh (0)