Amerika poytaxtida dengiz askari otib tashlandi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi. Otishma kazarma hududida yuz berdi.
Harbiy xizmat vazifasida bo‘lgan askar otishma oqibatida yaralandi va kasalxonaga yotqizildi, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qololmadi.
Hodisa tafsilotlari aniq emas, harbiyning shaxsi oshkor qilinmayapti. Ma’lum bo‘lishicha, voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari hech kimni qo‘lga olmagan. Huquq-tartibot organlari jamoatchilik uchun hech qanday xavf yo‘qligini ma’lum qildi.
AQSh dengiz pexotasi Korpusi vakillari, qo‘mondonlik favqulodda hodisaga aloqadorlarni topish uchun qo‘lidan kelgan barchasini qilayotganini aytdi.
Izoh (0)