AQSH prezidenti Donald Tramp Seuldan Koreya Respublikasida ijaraga olingan yirik harbiy bazani Amerika tomoniga mulk sifatida o‘tkazishni so‘rash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda u Oq uyda janubiy koreyalik hamkasbi Li Chje Myon bilan uchrashuvining boshida jurnalistlar savollariga javob berishda ma’lum qilgan.

“Balki, men qilmoqchi bo‘lgan ishlardan biri ulardan katta harbiy bazamiz joylashgan yerni bizga mulk sifatida o‘tkazishni so‘rashdir”, degan Tramp.
U yirik harbiy baza haqida gapirayotganini tushuntirgan.
“Men ijara shartnomasidan qutulish va ulkan harbiy baza joylashgan yerni mulk qilib olish imkoniyatini ko‘rishni istardim”, deb ta’kidlagan Oq uy rahbari.
Tramp Janubiy Koreyada joylashtirilgan AQSH harbiy kontingenti sonini qisqartirish ehtimoli haqidagi savolga javob berishdan bosh tortgan.
“Men bu haqda hozir gaplashishni istamayman, chunki biz do‘st edik va do‘st bo‘lib qolamiz”, degan Tramp.
AQSH prezidenti Koreya Respublikasida 40 mingdan ortiq amerikalik harbiy xizmatchi joylashganini eslatib o‘tgan.
Bundan avval AQSH prezidenti Donald Tramp shu yil Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashmoqchi ekanini aytgandi.
Izoh (0)