AQSh prezidenti Donald Tramp KXDRning iqtisodiy sohada imkoniyatlarini anglab yetayotgan Kim Chen In bilan uchrashuvni kutmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Men ham Shimoliy Koreyaning beqiyos iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini anglayotgan rais Kim bilan uchrashuvni kutyapman”, — deb yozadi Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, KXDR rahbari Kim Chen In o‘zining Yangi yil oldidan xalqqa qilgan murojaati chog‘ida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan istalgan vaqt uchrashishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Tramp esa Kim Chen In bilan uchrashuv yanvar oyining boshida bo‘lishini taxmin qilgan.
Izoh (0)