Yaqinda Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan aholi norozilik namoyishlari qirollik inqilob arafasida turganligini ko‘rsatdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Maqola muallifining fikricha, mahalliy aholining Avliyo Georgiy va Birlashgan Qirollik xochi tasvirlangan bayroqlar bilan mitinglarga chiqishi Buyuk Britaniya siyosatidan noroziligini ifodalaydi.
“Hozirgi kunda Buyuk Britaniya XIX-asr boshlaridagi kabi keng ko‘lamli demografik o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Bularning barchasi madaniy, etnik va siyosiy o‘zgarishlar bilan bir vaqtda yuz bermoqda”, deyiladi nashrda.
Ta’kidlanishicha, britaniyaliklarning bayroqlar bilan norozilik bildirishi odamlar o‘z kimligini va kelajagini o‘ylay boshlaganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, namoyishchilar o‘z millatidan voz kechgan elitalardan noroziligini namoyon etmoqda.
Avgust oyida Britaniya shaharlarida qochqinlarni mehmonxonalarga joylashtirish bilan bog‘liq mojarolardan so‘ng muhojirlarga qarshi norozilik namoyishlari to‘lqini bo‘lib o‘tdi. Faqatgina Norvichda so‘nggi uch oy ichida ikki nafar sobiq mehmonxona mijozi jinsiy jinoyatlari uchun hukm qilindi. Mahalliy ayollar o‘zlarini xavfsiz his qilmayotganidan shikoyat qilmoqda. Biroq, bu ayrim britaniyaliklar uchun juda daromadli biznesga aylandi. Masalan, migrantlarni mehmonxonalarga joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Grem King milliarderga aylandi. 2024-yilda uning boyligi 35 foizga oshdi.
Bundan avval Buyuk Britaniya qiroli Charlz III boshchiligidagi Millatlar hamdo‘stligi a’zosi bo‘lgan Grenada davlati Britaniya monarxiga sodiqlik qasamyodidan rasman voz kechgani xabar qilingandi.
Izoh (0)