Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan Qarshi shahrida yashovchi 50 nafar imkoniyati cheklangan fuqaroga nogironlik aravachalari hamda bayram sovg‘alari topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti 2017-yilning 1-avgustdagi “Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishni imzolagan edi. Mazkur farmoyish yuzasidan viloyatlar, tuman va shaharlarda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Bayram tadbirida Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev, Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida viloyat hokimi so‘zga chiqib, mamlakatda keksalar va nogironlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilash, muammolarini hal etish va hayotdan rozi bo‘lib yashashiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Izoh (0)