Toshkent shahar hokimligi “Toshkent sizni sevadi!” loyihasi doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali hamda Respublika gemotalogiya markazidagi bemorlar holidan xabar oldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif davomida 60 dan ziyod bemorlarga poytaxt hokimining bayram tabrigi va esdalik sovg‘alari topshirildi. Aksiyadan ko‘zlangan maqsad bemorlarga xursandchilik ulashish va yurtdoshlarni xayrli ishlarga chorlashdir.
Izoh (0)