2018-yil 30-dekabrdan Qozog‘istonda O‘zbekistonning konsullik bo‘limi faoliyat yuritishni boshladi. Bu haqda ТIV Konsullik-huquqiy departamenti ma’lum qildi.
Xabarda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi konsullik bo‘limi Ostona shahrida faoliyat yuritishni boshlashi munosabati bilan 2019- yilning 1-yanvaridan boshlab uning konsullik okrugiga Ostona shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qo‘stanay va Qarag‘anda viloyatlari kirishi ma’lum qilingan.
Shuningdek, Oqtov shahrida O‘zbekistonning bosh konsulxonasi ochilguniga qadar 2019-yilning 1-yanvaridan e’tiboran O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi konsullik okrugiga Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil, Qizilo‘rda viloyatlari, shuningdek, Mang‘istau, G‘arbiy Qozog‘iston, Atirau va Aqto‘be viloyatlari kiradi.
Izoh (0)