• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda yana ikkita nodavlat bog‘cha kredit ololmagani sababli yopildi

    Chiroqchi tumanining Uymovut qishlog‘ida joylashgan “Bolalar bizning kelajagimiz” nomli nodavlat bog‘cha tashkil qilgan tadbirkor kredit ololmagani sababli bog‘cha faoliyatini to‘xtatdi. Tumanning Annaro‘z qishlog‘ida joylashgan “Annaro‘z g‘unchalari” nodavlat bog‘chasi esa ochilgan kuniyoq yopilgan. Bu haqda Turon24 “Bolalar bizning kelajagimiz” nodavlat bog‘chasi rahbari Dilorom Tursunovaga tayanib xabar berdi.

    Foto: Turon24

    Foto: Turon24

    “Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Zulfiya Ergashevaga tuman hokimi “nodavlat bog‘cha och, agar kimdir ochmasa o‘zing ochasan” deb topshiriq bergan ekan, – deydi nodavlat bog‘cha rahbari Dilorom Tursunova. – Zulfiya Ergasheva, Mansur Rahmonov va 1-bog‘cha mudiri Hilola Xudoyberdiyevalar kelib menga “Bog‘cha ochsangiz kredit beriladi, biz sizga homiylik qilamiz” deyishdi. Shundan so‘ng men ham ularga ishonib, tayyorgarlikni boshlab yubordim. Yashab turgan uyimizni qayta jihozlab, 2018-yilning 1-aprel kuni nodavlat bog‘cha ochdik. Televideniyedan ko‘rsatishdi, tuman mas’ullari nodavlat bog‘cha ochildi deb hisobot topshirishdi. Bog‘chamiz 5 oy ishladi. So‘ngra yopishga majbur bo‘ldik. Kredit berishmadi-da”.

    “Dilorom Tursunova nodavlat bog‘cha ochaman deb murojaat qilgandi, – deydi Chiroqchi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining sobiq mudiri Zulfiya Ergasheva. – So‘ngra Dilorom Tursunovaga to‘g‘ri tushuntirish berib, sizda savdo ishlari va go‘zallik saloni bor ekan, loyihangiz nodavlat bog‘cha ochishga to‘g‘ri kelmaydi deb tushuntirganimdan so‘ng, to‘g‘ri tushunib qaytib ketgandi. Keyin tuman hokimligi va viloyat maktabagacha ta’lim boshqarmasidan bizga “uyma-uy kirib, nodavlat bog‘cha ochinglar deb aytib chiqasizlar” deb topshiriq berishdi. Boshqarma boshlig‘i har bir mudirga “bog‘cha ochasan” deb topshiriq berdi. Shunda tumandagi 1-MTM mudiri Hilola Xudoyberdiyeva bilan birga Dilorom opaning yoniga borib, to‘g‘ri tushuntirish berdik. Bog‘cha ochishiga ko‘maklashdik".

    Aniqlanishicha, Dilorom Tursunova rahbarligidagi nodavlat bog‘cha 50 o‘rinli bo‘lib, har bir bola uchun 60 ming so‘mdan to‘lov belgilangan. Nodavlat bog‘chada 8 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

    Dilorom Tursunovaning ma’lumot berishicha, u tuman hokimligi va maktabgacha ta’lim bo‘limi mas’ullarining gapiga ishonib, bog‘cha ochish uchun sharoit hozirlash maqsadida 10-15 ta qoramolini ham sotib xarj qilgan.

    “Uyimdagi 15 ta qoramolimni ham sotdim, maktabdan olayotgan oyliklarimni ham sarfladim, – deydi Dilorom Tursunova. – Oching, kredit beradi deyishsa ishonibman-da. Bugungi kunda xonavayron bo‘lib o‘tiribman. Birov kelib holimni so‘ramayapti. Haligacha soliqdan qarzdorlik to‘g‘risida xat kelayapti. Kimga dodimni aytishni bilmayapman”.

    “Hozirgi kunda Dilorom Tursunova rahbarligidagi nodavlat bog‘cha yopilgani rost, – deydi hozir tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri vazifasini bajaruvchi Mansur Rahmonov. – Ammo nodavlat bog‘cha turarjoyda joylashganligi sababli kredit berilmadi. Tadbirkor kredit olishi uchun uyini noturarjoyga o‘zgartirishi kerak ekan. Talab bajarilmagach, kredit berilmadi”.

    Chiroqchi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbarining ma’lum qilishicha, tumanda ayni kunda 6 ta nodavlat bog‘cha faoliyat yuritmoqda. Boshqarma vakillari esa tuman vakillari aytgan ko‘rsatkichdan farqli o‘laroq tumanda 14 ta nodavlat bog‘cha faoliyat yuritayapti deyishdi.

    Dilorom Tursunovaning aytishicha, bog‘cha ochilishida tuman hokimi Rustam Jo‘raqobilov ham ishtirok etib, tadbirkorni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

    “Tuman hokimining shaxsan o‘zi “opa, biz sizni qo‘llab-quvvatlaymiz” degandi, – deydi Dilorom Tursunova. – Har tomonlama imkoniyat yaratib berishini bildirgandi. Bugungi kunda esa meni eshitishni ham istamayapti. Tuman hokimligiga borsam, hokim yo‘q deb qaytarib yuborishadi. Hokimiyatning o‘ziga 3 marta murojaat qilganman. Ammo haligacha javob yo‘q”.

    Aniqlanishicha, viloyatda hozir 272 ta nodavlat bog‘cha faoliyat ko‘rsatmoqda.

    30.12.2018, 22:41   Izoh (0)   18170
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda harbiylar o‘rtasida “Temur tuzuklari bilimdonlari” aniqlandi

    30.12.2018, 22:25

    Yangi yil arafasida Toshkent oqshomi (fotoreportaj)

    30.12.2018, 21:54

    Samarqand viloyatida Yoshlar Ittifoqining binosi foydalanishga topshirildi

    30.12.2018, 21:39

    15 kunga yopiladigan Asaka zavodi, Olmaotadagi Islom Karimov ko‘chasi, Toshkentdagi yana bir xalqaro aeroport va boshqa muhim xabarlar

    30.12.2018, 21:13

    Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi rahbariyati yangilandi

    30.12.2018, 21:08

    Samarqanddagi “Archa” bayrami tadbirida pirotexnika vositalarini sotayotgan fuqarolar qo‘lga olindi

    30.12.2018, 20:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.