Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yangi yilni yaqinlari davrasida kutib oladi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Uning aytishicha, prezident yilning oxirgi daqiqalarigacha ishchi uchrashuvlarni rejalashtirgan. 29-dekabr kuni esa Rossiyaga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko keladi.
“Yangi yil esa yaqinlar davrasida o‘tadi”, — dedi Peskov.
Shuningdek, Peskov Rossiya prezidenti Yangi yil oldidan sport tadbirlariga borishini aytdi, biroq ularning aynan qaysi tadbirlar ekanligiga aniqlik kiritmadi.
Izoh (0)