AQSh prezidenti Donald Tramp uchta mamlakatga beriladigan moliyaviy yordamni to‘xtatishni ko‘zlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ro‘yxatga Gonduras, Gvatemala va Salvador kirgan.
Amerika yetakchisining ma’lum qilishicha, bu mamlakatlar AQSh uchun hech narsa qilmayapti.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Gondurasda muhojirlarning yangi karvoni yuzaga kelmoqda, mamlakat esa bunga nisbatan hech narsa qilmayapti.
Uning qayd etishicha, sanab o‘tilgan mamlakatlar AQShning moliyaviy yordamidan mahrum bo‘ladi.
Izoh (0)