Qohiraning Al-Haram tumani hududida salonida vyetnamlik sayyohlar bo‘lgan avtobus portlatildi. Buning oqibatida 4 kishi, jumladan, uch nafar xorijlik halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Avtobus o‘tgan ko‘chadagi devorga o‘rnatilgan portlovchi qurilma masofadan harakatga keltirilgani taxmin qilinmoqda. Sayyohlar tushgan avtobus noma’lum sabablarga ko‘ra xavfsiz yo‘nalishdan yurmay, politsiya tomonidan qo‘riqlanmaydigan ikkinchi yo‘lni tanlagan.
Shifokorlar jabrlanganlardan aksariyati yengil jarohat olganini ta’kidlamoqda. Biroq bir necha kishi og‘ir holatda bo‘lib, ularning hayotini saqlab qolishga urinilmoqda.
Izoh (0)