Kosovo respublikasi rahbari Xashim Tachi davlat armiyasini tuzish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda u Facebook’da ma’lum qilgan.
Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, armiya mustaqillik e’lon qilinganidan 10 yil o‘tib, mamlakat ozod bo‘lganidan esa 20 yil o‘tib tashkil qilingan. Uning qayd etishicha, mamlakat 100 yillik kamsitishlarni yengib o‘tishga va Kosovoning Yevropada kelajagi bor ekanligini isbotlashga muvaffaq bo‘lgan.
14-dekabr kuni mamlakat hukumati besh ming kishidan iborat doimiy armiyaning tuzilishi uchun ovoz bergan. Serbiya bosh vaziri Ana Brnabich bunday qaror Belgrad tomonidan harbiy qarshilikni keltirib chiqarishi mumkinligini ma’lum qilgan. NATO Kosovo hukumatining bu qarorini qoralagan.
Izoh (0)