Vyetnamda tirik langurning yeyilishini internetda jonli efirda ko‘rsatgan kishilar hibsga olindi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Hodisa 17-noyabrda yuz bergan. Kamyob maymunni olti nafar erkak yegan. Ulardan biri hodisani mobil telefonda videoga olgan va Facebook’da namoyish qilgan.
Politsiya erkaklarning shaxsini aniqlashi uchun bir oy kerak bo‘lgan. 27-dekabr kuni erkaklarning barchasi qo‘lga olingan va ular qilgan ishini tan olgan. Ular Vyetnamning tabiat muhofazasi bo‘yicha qonunlarini buzganlikda ayblanmoqda.
Izoh (0)